“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni o‘qiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati o‘zgaradi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Kitoblar yarmarkasida tinglovchilar o‘zlarining sevimli adiblarining kitoblarini, o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlarini, hamda turli janrlarda chop etilgan kitoblarni xarid qildilar.
Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti.
Institut Matbuot xizmati