Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida va Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan o‘q otish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotda Malaka oshirish instituti malakali o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruq va yo‘riqnoma talablari asosida o‘q-otar quroldan foydalanish va qo‘llashda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, qurolni o‘qlash hamda nishonga olish tartibi to‘g‘risida tushuntirildi.
Shundan so‘ng o‘quv-dala markazi o‘q otish maydonchasida Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatidan o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulotda tinglovchilarning o‘q-otar qurolga nisbatan ko‘nikmasini hosil qilinib, undan mohirona qo‘llay olish qobiliyati shakllantirildi.
Institut Matbuot xizmati