Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi birqator tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, xodimlar va tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng tadbir an’analarini davom ettirib, Institut hududlari va atroflari tartibga keltirish hamda 170 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar, butalar ekish ishlarini amal oshirdilar.
Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, institut hududida va atrofini ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.
Institut Matbuot xizmati