Davlatimiz rahbari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng hududlarda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari kengayib bormoqda.
Ushbu jarayonga Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti jamoasi ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qator tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.
Malaka oshirish instituti xodimlari va tinglovchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng, vazirlik “O‘zbekiston” sanatoriysida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi dorasida barchani faol bo‘lishlari kelgusida ekologiyamizning yanada yaxshilanishiga zamin yaratadi.
Institut Matbuot xizmati