O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi, podpolkovnik Sh.G‘aniyev “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” nomli mavzuda IIO xodimlariga navbatdagi “Mayor” maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari bilan Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib o‘rgatishga qaratilgan o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda asosiy qomusimizning ustuvor qoidalari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga oid konstitutsiyaviy-huquqiy normalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
Institut Matbuot xizmati