Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Mayor” maxsus unvoni berish uchun maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” moduli bo‘yicha “Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvilarini tayinlash, o‘tkazish va nazorat qilish tartibi” mavzusida Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori, professor, podpolkovnik F.F.Xatamov tomonidan mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarning ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlarini tayinlash asoslari, o‘tkazish va nazorat qilish tartibi borasidagi kasbiy bilimlarini yangilash hamda ko‘nikma va mahoratlarini oshirishga qaratildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy rioya etilishini mustahkamlash maqsadida “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, tarbiyaviy tadbirlar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati