Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona shaxsiy tarkibining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchilari, podpolkovnik B.B. Umurzoqov va mayor N.Z. Tasimovlar tomonidan “Jangovar qurolidan foydalanish tartibi” hamda “Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatlarini noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish” mavzulari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotda Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatining jangovar xususiyatlari, otish qoida va usullari hamda pistoletni noto‘liq va to‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ishni shaxsiy tarkibga tushuntirib berdi.
Mashg‘uloti davomida xodimlar Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibini amaliy bajarib, o‘zlarining jangovar tayyorgarligini oshirdilar. Kelgusida shu kabi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini hamkorlikda o‘tkazishga kelishib olindi.
Institut Matbuot xizmati