Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash uchun malaka oshirish o‘quv kursiga hamda “podpolkovnik”, “mayor” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilar bilan tibbiyot fanlar doktori, professor Masharipov Rajabboy Rahimovich tomonidan “Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Favqulodda vaziyatlarda aholi va hududni muhofaza qilish davlat tizimi” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlar haqida batafsil tushuntirildi. Shuningdek, statistika ma’lumotlariga ko‘ra butun dunyo bo‘yicha sodir bo‘layotgan har xil ofat, falokat va halokatlar natijasidagi inson talofatlari va moddiy zararlar ortib borayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati