Yoshlar siyosati va sport vazirligining “2024-yil sport tadbirlar taqvim rejasi”ga asosan Toshkent shahar “JAR” SSK majmuasida sportning “UShU” turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidan 1300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston kubogi musobaqasida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti terma jamoasining a’zolari 56 kg vazn toifasida 2-o‘rinni, 9-guruh tinglovchisi Omonjon Ahrorov va 75 kg vazn toifasida 2-o‘rinni, 8-guruh tinglovchisi Ibroxim Maxkamovlar egalladilar.
Institut Matbuot xizmati