Joriy yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ichki ishlar organlarida jangovar va jismoniy tayyorgarlikning o‘rni: muammo va yechimlari” mavzusida ilmiy amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Sambo assotsiatsiasi hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidan vakillar ishtirok etishdi. Malaka oshirish instituti hamda mehmonlar ichidan o‘z ma’ruzalari bilan konferensiyaning mazmunan boy o‘tishiga hissalarini qo‘shgan ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.