Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 18 oktyabrdagi ko'rsatmasiga asosan, joriy yilning 25 oktyabr kuni Malaka oshirish institutiga Bektemir tumanida joylashgan 291-sonli umum-o'rta talim maktabining 11-sinf o'quvchilari tashrif buyurdi.
Ular Institutda o'tkazilgan boshlang'ich tayyorgarlik o'quv yig'ini tinglovchilarining “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat qasamyodi”ni qabul qilish tantanali tadbirida ishtirok etib, so'ngra Institut Юridik fanlar kafedrasi o'qituvchisi A.A. Abdibositov va o'quvchilar o'rtasida “Tengdoshimga huquqiy yordam” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati davomida tashrif buyurgan yoshlarga jamiyatda umumetirof etilgan huquq normalar va ularning roli to'g'risida tushunchalar, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini yanada rivojlantirish maqsadida Institut Jangovar tayyorgarlik tsikli boshlig'i A.T. Alijonov rahbarligida “Elektron tir”da amaliy o'q otish mashg'uloti tashkillashtirildi.