Joriy yilning 25-oktyab kuni Malaka oshirish instituti Bektemir bazasida navbatdagi tinglovchilarning qasamyodi bo‘lib o‘tdi. Qasamyod tadbirini tinglovchilarning oila a’zolari bevosita tomosha qilib turishdi. Tadbirni Institut boshlig‘i, polkovnik O.T. Axmedov boshqarib bordi. Shuningdek, Maxsus kasbiy fanlar kafedrasining katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Aliyeva Zuxra Mamatqulovna va tinglovchi Akromov Muslimbek Jahongir o‘g‘lining onasi Ahmedova Nargiza Abdusattorovna so‘zga chiqib, o‘zlarining ezgu tilaklarini tilab, Vatanga qasamyod qabul qilganlari bilan samimiy tabrikladilar.