Joriy yilning 18-oktabr kuni IIV Malaka oshirish instituti Bektemir bazasida “25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-son farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini ta’minlash hamda tinglovchilarga bayramona va ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida hamda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish uchun “Harbiy ko‘pkurash” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa tinglovchilarning Vatanga sadoqat ruhini hamda jangovar va jismoniy shayligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi. O‘tkazilgan musobaqa har bir qatnashgan tinglovchidan qat’iy tartib-intizom va yuqori darajadagi zehnni talab etadi. Mazkur musobaqa yakunida ishtirok etgan guruhlar ichidan:
“Burgut” jamoasi 1-o‘rin;
“Turon” jamoasi 2-o‘rin;
“Qalqon” jamoasi 3-o‘rinlarni egalladi.
Tadbirni tashkillashtirish hamda qat’iy tartib intizom bilan boshqarib turishda Institutning Jismoniy tayyorgarlik va Jangovar tayyorgarlik sikl professor-o‘qituvchilari hamkorligida tupponcha va avtomat yig‘ish hamda uzoq masofaga sovut kiygan holda yugurish kabi sport turlarining uyg‘unligini ta’minladi. Milliy “Arqon tortish” sport turi jamoalarga kuch birlikda ekanini yana bir bor eslatib qo‘ydi. Bundan tashqari tadbir so‘nggida tinglovchilarga musiqiy dastur namoyish qilindi.