Joriy yilning 24 oktabr kuni IIV Malaka oshirish instituti Olmaliq o'quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o'rtasida “25 oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan “Sog'lom shaxs-sog'lom jamiyat” shiori ostida “Voleybol” sport turi bo'yicha musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqani o'tkazishdan maqsad tinglovchilarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida hamda xalq manfaati uchun xizmat qilish oliy burchi deb biladigan xodim etib tarbiyalash, shuningdek ularda jismoniy tayyorbiya va sport bilan shug'ullanishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirish.
Musobaqada yakuniga ko'ra:
1–o'rinni Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati jamoasining “Mardlar” jamoasi
2–o'rinni Yo'l patrul xizmati faoliyati jamoasining “Lochinlar” jamoasi
3–o'rin JTSF va JIEX faoliyati jamoasining “Burgutlar” jamoasi tinglovchilari musobaqada g'olib va sovrindorlar qatoridan o'rin egalladilar.