Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli va Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi xodimlari 2024-yil 17-oktabr kuni Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar tarmoq) Ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilariga “Ichki ishlar organlari faoliyatida uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanish” mavzusida institut miqyosida Master-klass o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida zamonaviy uchuvchisiz uchadigan apparat turlarining umumiy ko‘rinishlari, xususiyatlari, ulardan foydalanishning huquqiy asoslari va noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik masalalari yuzasidan tushunchalar berildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javoblar olib bilimlarini oshirdilar.