Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10 sonli qarorining “E” bandiga asosan shuningdek, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida IIV huzuridagi JIED birinchi mintaqaviy hudud 42-son Manzil koloniyasi doimiy shaxsiy tarkibi bilan Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi podpolkovnik B.B.Umurzakov hamda mazkur sikl o‘qituvchisi mayor X.N.Muslimov tomonidan “Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish” mavzusi bo‘yicha amaliy master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulotda Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibi, vaqt me’yorlari, baholash me’zonlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi. Amaliy master-klass o‘quv mashg‘uloti davomida 42-son Manzil koloniyasi xodimlari qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda yig‘ishni amaliy bajarib, o‘z tajribalari va jangovar tayyorgarligini oshirishdi. Kelgusida shu kabi amaliy master-klass mashg‘ulotlarini hamkorlikda, muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.