Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bitiruvchilari bilan Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotning tayyorlov qismida Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga belgilangan buyruq va yo‘riqnoma talablari asosida o‘q-otar quroldan foydalanish va qo‘llashda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish to‘g‘risida tushunchalar berilib, amaliy tarzda ko‘rsatilib berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilar tomonidan jangovar vazifalarni bajarish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘qotar quroldan mohirona foydalanish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakillantirishga qaratilgan.
Institut Matbuot xizmati