Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining doimiy shaxsiy tarkibi o‘rtasida sport turlarini ommaviylashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida hamda 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda 8 ta jamoa ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida III – o‘rinni egallaganligi uchun 3-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan Moddiy-texnika va ho‘jalik ta’minoti bo‘limi, Moliya-iqtisod bo‘limi hamda Transport ta’minoti bo‘limi, Yong‘in xavfsizligi guruhi, Oziq-ovqat ta’minoti xodimlaridan tashkil topgan terma jamoa, II – o‘rinni egallaganligi uchun 2-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli, Saf qismi, hamda Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli xodimlaridan tashkil topgan jamoa, I – o‘rinni egallaganligi uchun 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan Qo‘riqlash otryadi xodimlaridan tashkil topgan jamoa taqdirlandilar.
Institut Matbuot xizmati