Ichki ishlar organlariga xizmatiga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tinglovchilari o‘rtasida IIV O‘quv-dala markazida Malaka oshirish instituti Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli o‘qituvchilari tomonidan “1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylari kuni”ga bag‘ishlanib, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Harbiy-sport o‘yinlari” tashkillashtirildi.
Musobaqada 3 shart bo‘yicha Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tinglovchilaridan tashkil topgan 4 jamoa o‘zaro bellashdilar.
40 metr masofada harbiy-sport estafetasi bo‘yicha 1 o‘rinni 5,07 daqiqa bilan “Shijoat” jamoasi, 2 o‘rinni 5,45 daqiqa bilan “Lochin” jamoasi va 3 o‘rinni 5,56 daqiqa bilan “Jasorat” jamoasi egalladi.
Arqon tortish musobaqasida 1 o‘rinni “Lochin” jamoasi, 2 o‘rinni “Shunqor” jamoasi va 3 o‘rinni “Shijoat” jamoasi qo‘lga kiritdilar.
Bir qo‘lda 1 daqiqa davomida 24 kg toshni 74 marotaba ko‘targan “Lochin” jamoasi 1 o‘ringa, 54 marotaba toshni ko‘targan “Shijoat” jamoasi 2 o‘ringa va 53 marotaba tosh ko‘targan “Jasorat” jamoasi 3 o‘ringa munosib topildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra 3 ta shart bo‘yicha umum jamoa hisobida “Lochinlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladilar.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari institut rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Kasbiy tayyorgarlik fakulteti
Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli