Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Institutda va boshqa sohalarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan kafedra boshlig‘i, polkovnik M.I.Suvankulov hamda shu kafedra o‘qituvchisi podpolkovnik B.K.Musurmanovlar vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hududdagi manzil koloniyasi doimiy shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 2024 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyatini yetkazdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati