Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati kuni kecha “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida CAEx majmuasiga tashrif buyurishdi. Majmuada Axborot texnologiyalari sohasidagi so‘ngi yangiliklar, hozirda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shu kuni Institut hamda “SHKOLA 21” Nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida “Ichki ishlar xodimlarini IT sohasiga yo‘naltirish, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro kelishuv va hamkorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Memorandum imzolandi.
Matbuot xizmati