Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lgan xodimlarning mavzulari, professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama etildi.
Institut Axborot-resurs markazi va bosh yuriskonsulti tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi istiqboli rejalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati