Yangilik haqida batafsil

“Mahalla yettiligi”ning vazifalari, vakolatlari hamda hududlarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etilishi”
Sept. 17, 2024

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Z.M.Alieva, Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash uchun o‘quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga “Mahalla yettiligi”ning vazifalari, vakolatlari hamda hududlarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etilishi” nomli mavzusini kengroq va to‘liqroq yoritib berish maqsadida  Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi (LDP) deputati, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Katta qorasuv» m.f.y raisi Djabbarova Naima Gapparovna bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 mart kunidagi «Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda «Mahalla yettiligi» faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 137-son qarori talablarini mahallalarda tegishli yettiklik a’zolari bilan to‘g‘ri tashkillashtirish,  “Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari, aholini uchta daftarga (temir, ayollar, yoshlar) kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinishi, bandlik, tadbirkorlik va kasanachilik jamg‘armalaridan ushbu daftarlarga kiritilganlarga beriladigan yordam mablag‘larni taqsimlash har bir mahallaning o‘z ixtiyoriga berilishi va shunga o‘xshash boshqa vazifalari yuzasidan kengroq ma’lumot berdilar.

     Mashg‘ulot deputat N.G.Djabbarova va podpolkovnik Z.M.Alieva tinglovchilarga «Mahalla yettiligi» faoliyatini to‘liq yoritishda «Mahalla yettiligi» fuqarolar yig‘ini raisining vazifalari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va «Mahalla yettiligi faoliyatini samaralai tashkil etish» bo‘yicha metodik qo‘llanmalari asosida master klass shaklida  o‘tkazildi.

Institut Matbuot xizmati