Institutning Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Vazirlik mas’ul xodimlari, Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, jamoatchilik vakillari, ichki ishlar organlari faxriylari, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Umidbek Nurullayev, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ko‘zlangan maqsadlarga erishishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida zamonaviy bilim sirlarini egallagan, teran fikrlaydigan va yangicha dunyoqarash sohibi bo‘lgan xodimlarni tayyorlash muhimligini ta’kidladi.
O‘quv dasturlari talablarini to‘liq o‘zlashtirigan, yakuniy sinov-imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 222 nafar tinglovchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularga “kichik serjant” maxsus unvoni berildi.
Kasbiy bilim, nazariy va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishga intilib kelgan bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Matbuot xizmati