Yangilik haqida batafsil

“Kiberjinoyatchilik, internet va lokal tarmoqlar orqali sodir etiladigan qonunbuzarliklar”
Sept. 7, 2024

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli o‘qituvchilari, mayor Tashmanov Yerlan Baymatovich, katta leytenant Boynazarov Otabek Murot o‘g‘li tomonidan Toshkent shahar IIBB Tezkor texnik ishlov guruhi katta mutaxassisi, kapitan O‘ktamov Shaxzod Muzaffar o‘g‘li ishtirokida “Safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kursi”ning 1-2-guruh tinglovchilari bilan “Kiberjinoyatchilik, internet va lokal tarmoqlar orqali sodir etiladigan qonunbuzarliklar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

      Davra suhbati davomida bugungi raqamli davrda internet va lokal tarmoqlardan foydalanish odatiy holga aylangan bo‘lsada, u bilan birga kelayotgan kiberjinoyatchilik va boshqa raqamli jinoyatlar katta xavf tug‘dirayotgani, kiberjinoyatchilik ko‘lami kengayib, davlat va shaxsiy ma’lumotlarga hujum qilish, moliyaviy firibgarliklar va boshqa xavfli amallarni o‘z ichiga olayotgani to‘g‘risida tushuntirildi.

     Shuningdek, kiberjinoyatchilik va internet orqali qonunbuzarliklar zamonaviy texnologiyalar bilan birga kelgan jiddiy xavfligi, shu sababli, davlat idoralari, kompaniyalar va individual foydalanuvchilar kiberxavfsizlikka alohida e’tibor berishlari, himoya choralarini kuchaytirishlari zarurligi, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash uchun texnologik, huquqiy va ma’lumot berish choralarini keng qamrovda amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

       Tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati