Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahar bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Maxsus operasiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Maxsus vositalarni turlari va taktik-texnik tavsifi. Maxsus vositalarni qo‘llashning huquqiy asoslari va ulardan foydalanish vaqtida xavfsizlik choralari” mavzusida Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi o‘quv markazi katta instruktor o‘qituvchisi, podolkovnik J.N. Jo‘raev tomonidan amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.
Shuningdek, “Portlovchi modda va qurilmalarni aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha hamda portlovchi moslama, moddalar yoki shubhali buyumlar aniqlanganda IIO xodimlarining birlamchi harakatlari” mavzusida IIV MOMB Toshkent viloyat bo‘yicha maxsus guruh komandiri, podpolkovnik R.I.Muratov, katta mutaxassis mayor X.T.Urinbov va mutaxassis kinolog, katta serjant A.B.Turg‘unboevlar tomonidan ham amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulotning maqsadi tinglovchilarning kelgusida xizmat vazifalarini bajarish vaqtida portlovchi moslama, moddalar yoki shubhali buyumlar aniqlanganda birlamchi harakatlari bo‘yicha tushuntirish, hamda nostandart vaziyatlarda yuksak mahoratni ko‘rsata olish, IIO tomonidan qo‘llaniladigan barcha maxsus vositalardan foydalanishda kerak bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati