Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “podpolkovnik” maxsus unvonini olish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish kursi, hamda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari boshlandi.
O‘quv kurslarining dastlabki kunida tinglovchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnomada tinglovchilarga o‘quv jarayonidagi asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari, Institut hududida mavjud tartib-intizom, yurish-turish, formali kiyim-bosh kiyish tartibi va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati