Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Sport tadbirida tinglovchilar 4 ta jamoa tarkibida ishtirok etdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Qalqonlar” jamoasi 1-o‘rinni, “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati” va “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Burgutlar” jamoasi 2-o‘rinni hamda “Yo‘l-patrul xizmati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Lochinlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar taqdirlandilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati