Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahar o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Harbiy-sport o‘yinlari” estafetasi o‘tkazildi.
“Harbiy-sport o‘yinlari” musobaqasida 3 shart; 40 metr masofada harbiy-sport estafetasi, bir qo‘lda 1 daqiqa davomida 24 kg toshni ko‘tarish va arqon tortish bo‘yicha jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakunida umumiy natijalarga ko‘ra “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Qalqonlar” jamoasi 1-o‘rinni, “Patrul-post xizmati faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Posbonlar” jamoasi 2-o‘rinni hamda “Yo‘l-patrul xizmati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Lochinlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.
Tosh ko‘tarish sport turi bo‘yicha (24 kg yakka tartibda) 1 – o‘rin “Qalqon” jamoasi a’zosi A.X.Mamirovga, 2 – o‘rin “Qalqon” jamoasi a’zosi B.B.Qo‘ziev va 3 – o‘rin “Lochinlar” jamoasi a’zosi A.A.Turdimatovlarga nasib qildi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar taqdirlandilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati