Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirni Institut boshlig‘i, t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov ochib, Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Bu yilgi mustaqillik shodiyonalari ”Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida joylarda inson qadri, uning huquq va manfaatlari yetakchi o‘rinda turadigan ijtimoiy davlat va xalqparvar jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar, ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar, «Ona diyor — ranglar jilosida», «Vatan uchun yashaylik!», «Eng ulug‘, eng aziz» kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilayotganligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, o‘z xizmat burchiga mas’uliyat bilan yondoshib, jangovar va kasbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilarga bayram munosabati bilan Ichki ishlar vaziri va Institut boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirilgan mukofotlar topshirildi.
Mukofot va rag‘batlantirishlardan ilhomlangan xodimlar, kelgusida o‘z oldiga ulkan maqsmadlar qo‘ydilar.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti
Matbuot xizmati