O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi “Mayor” maxsus unvon olish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilarining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar.
Institut boshlig‘i, t.f.n., dotsent polkovnik Olimjon Axmedov Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Bayram arafasini o‘quv kursini yakunlayotgan tinglovchilarning kelajakdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng ushbu o‘quv kurslarining yakuniga ko‘ra imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti
Matbuot xizmati