Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahridagi bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida ta’lim olayotgan maxsus kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari tinglovchilari o‘rtasida “devoriy gazeta” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik tanlovda “Yo‘l-patrul faoliyati”, “Pasport tizimini ta’minlash faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Jazoni ijro etish faoliyati” va “Maxsus operasiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida ta’lim olayotgan tinglovchilardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Devoriy gazetalarning turli ruknlarda aks ettirilgan rasmlar, xikmatli iboralar orqali O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarning keng yortilishiga e’tibor qaratildi.
I, II va III – o‘rinni egallagan jamoalar munosib taqdirlandilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati