IIV Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli xodimlari mayor Tashmanov Yerlan Baymatovich va katta leytenant Boynazarov Otabek Murot o‘g‘lilari tomonidan Toshkent shaxar IIBB ATSJQKB Kiberxavfsizlik bo‘limi bosh mutaxassisi kapitan Muxammatqulov Shoxrux Erkin o‘g‘li ishtirokida “Mayor” maxsus unvon berish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursining 9,10,11-guruh tinglovchilari bilan “Kiberjinoyatchilik tushunchasi va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar shuningdek, internetdan foydalanish madaniyati” mavzusida binar shaklida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida bugungi kunda internet olamida keng uchrayotgan jinoyatlar, jumladan, g‘oyaviy va texnik buzg‘unchiliklar, jabrdiydalarning internet-madaniyat me’yorlariga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelayotganligi, axborot asri davrida yoshlarning yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog‘lom axborotlardan himoyalana olishlari uchun bilim va tajriba zarurligi, aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko‘magiga muhtojligi, biz o‘sib kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishimiz lozimligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati