Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Institutda pedagogik mahoratni oshirish kursi yakunlandi.
IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i, t.f.n., dotsent polkovnik Olimjon Axmedov va Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazi xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi harbiy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish Markazi dotsenti, R.Ishmuhamedovlar tomonidan kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘qituvchi faoliyatida pedagogik mahorat, yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, pedagogik texnika va mas’uliyat muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati