Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahridagi bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida ta’lim olayotgan maxsus kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari tinglovchilari o‘rtasida “Kodeks bilimdoni” mavzusida viktorina tashkil etildi.
Viktorinaning final bosqichida “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishining “Patrul” jamoasi, “Pasport tizimini ta’minlash faoliyati” yo‘nalishining “Migratsiya” jamoasi, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishining “Bilimdonlar” jamoasi, “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishining “Yosh xodimlar” jamoasi va “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishining “Antiterror” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in o‘tgan tadbirda 1-o‘rinni “Migratsiya” jamoasi, 2-o‘rinni “Yosh xodimlar” jamoasi, 3-o‘rinni “Bilimdonlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati