Yangilik haqida batafsil

“Oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish"
Aug. 26, 2024

        Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “mayor" maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar” moduli bo‘yicha “Oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish" mavzusida  institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasining katta o‘qituvchilari, podpolkovniklar Z.M.Alieva va G.S.Ruzievalar ishtirokida binar shaklda seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

      Mashg‘ulot davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy qilingan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla raislari, profilaktika (katta) inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollariga mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida huquqbuzarlik sodir etish va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar toifasi bilan ishlash, ijtimoiy-maishiy muammosi, og‘ir hayotiy ahvolga tushgan toifalar bilan yangicha ishlash tizimining ahamiyati hamda oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklar, bunga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlar, uning huquqiy oqibatlari tinglovchilar ishtirokida muhokama qilindi.

     Tinglovchilar mashg‘ulot davomida o‘z amaliy tajribalaridan kelib chiqib, “oila-turmush”, “huquqbuzarlik” va “huquqiy oqibat” kabi tushunchalarga me’yoriy qonunlar asosida o‘zaro fikrlar bildirishdi hamda mavzuga doir zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

      Mazkur mashg‘ulot mavzusi respublikamizda oila-turmush doirasida sodir bo‘lgan huquqbuzarliklar (jinoyatlar) haqidagi videoroliklar namoyishi, tarqatma hujjatlar hamda tahliliy hisobotlar asosida yoritildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati