Ichki Ishlar Vazirligi Malaka oshirish institutida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik Farxod Ahmedov hamda Jazoni ijro etish Departamenti 22-son Jazoni ijro etish koloniyasi Tarbiyaviy ishlar bo‘limi katta inspektori ijtimoiy xodim, kapitan Murodilla Payzievlar bilan birgalikda Ichki ishlar organlari jazoni ijro etish xizmati safdorlik va ofitserlik lavozimlariga qabul qilingan xodimlarni boshlang‘ich kasbiy tayyorlash kursining “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilarga “Jazoni o‘tashdan ozod qilish turlari va asoslari” mavzusi bo‘yicha interfaol usullardan samarali foydalangan holda binar seminar mashg‘uloti o‘tkazildi va tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berildi.
Maqsad tinglovchilarga berilayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog‘lashdir.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati