Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va “75-Maxsus boshqarmasi” MChJ bilan hamkorlikda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmat xodimlarini maxsus vositalar va o‘qotar qurolni qo‘llash ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan Navoiy viloyatida “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kursi” bo‘lib o‘tdi.
IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlariga “Jangovar tayyorgarlik”, “Kasbiy tayyorgarlik”, “Huquqiy tayyorgarlik”, “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” hamda “Tibbiy tayyorgarlik” modullaridan mashg‘ulotlar olib borildi.
O‘quv kursi yakunida idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan yakuniy sinov imtihoni o‘tkazildi hamda belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati