Mamlakatimizda Davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda sanitariya-gigienik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Hasharda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi va tinglovchilari faol ishtirok etmoqdalar.
Institut atroflariga gul nihollari, turfa ko‘chatlar parvarishlanib, hamma yoq chinnidek ozoda, fayzli holatga keltirilmoqda. Hasharda ta’lim muassasasi, xizmat xonalari, auditoriyalar, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, tinglovchilar yotoqxonasi, sport maydonlari tartibga keltirilmoqda.
Daraxtlar oqlanib, ariq-zovurlar, yon-atrof shoh-shabbadan, chiqindilardan tozalanmoqda.
Hashar davomida Institut artofidagi mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda. Obodonlashtirish ishlari yanada faol olib borilmoqda.
Darhaqiqat, hashar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadigan qadriyatlardan biridir.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati