Ma’lumki, Davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda sanitariya-gigienik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 24-25 avgust kunlari "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Institutning Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti xodim va tinglovchilari gul nihollari, turfa ko‘chatlar parvarishiga alohida e’tibor qaratib, hamma yoq saranjom-sarishta holga keltirildi. Xizmat xonalari, auditoriyalar, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, tinglovchilar yotoqxonasi, sport maydonlari tartibga keltirildi. Ariq-zovurlar tozalandi. Daraxtlar va yo‘laklar oqlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati