Yangilik haqida batafsil

"Ichki ishlar organlarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar “xodimbay ishlash” tizimi"
Aug. 24, 2024

       Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “mayor" maxsus unvoni olish uchun maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” moduli bo‘yicha "Ichki ishlar organlarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar “xodimbay ishlash” tizimi " mavzusida  institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik J.Kenjaev tomonidan mashg‘ulot o‘tkazildi.

    Mashg‘ulotda  tinglovchilarning xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun kasbiy bilimlarini yangilash, chuqurlashtirish hamda ko‘nikma va mahoratlarini oshirishga qaratildi.

     Shuningdek, mashg‘ulotda bugungi kunda Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash maqsadida “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” davomida “Xodimbay” ishlash tizimi asosida samarali ishlar olib borilayotganligi, xodimlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda hamda ularni tizimda professional kadr bo‘lib yetishi uchun ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, tarbiyaviy tadbirlar jadallashganligi,  mazkur jarayonlarda faol qatnashib kelayotgan IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan “Intizom oyligi” doirasida “Xodimbay” ishlash tizimiga asosan qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning yashash xonadonlari, xizmat faoliyati, jismoniy-jangovar holatini o‘rganib, ular bilan muntazam ravishda individual tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazilayotganligi, “Xodimbay ishlash” tizimiga asoslanib, barcha shaxsiy tarkibning oilasini, xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularda yuzaga kelgan muammolarni o‘z joyida bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatilib, o‘zining bilim va tajribasi asosida ularga yo‘l yo‘riq ko‘rsatib kelayotgani, ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflar bilan chiqilayotganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

                                                                                       

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati