Yangilik haqida batafsil

Maxsus malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda
Aug. 23, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida "mayor" maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursida ichki ishlar organlaridan kelgan turli sohaviy xizmat xodimlari bilan o‘quv tayyorgarligi amalga oshirilmoqda.

     O‘quv mashg‘ulotlari institut professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borilyapti. Jumladan, institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik G.S.Ro‘zieva tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 19 yanvardagi "Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi "To‘maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mazmun- mohiyati" mavzusida o‘quv mashg‘uloti amalga oshirildi. Mashg‘ulot davomida Ichki ishlar organlari xodimlariga mavzu bo‘yicha amaliy hamda nazariy bilim va ko‘nikmalar berildi.

     Shuningdek, Malaka oshirishni o‘tayotgan tinglovchilarnig ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, hamda so‘nggi yillarda Ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berib borilmoqda.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati