Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha patrul-post xizmati yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-guruh tinglovchilari bilan “Jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusi yuzasidan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari, podpolkovniklar N.O.Odilov va J.X.Allayorovlar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilar bilan PPX xodimlari xizmat faoliyati davomida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan shaxslar bilan muloqot jarayonida PPX xodimlarining majburiyatlari, huquqlari va vazifalari bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati