Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB XPB xodimlari bilan "Ichki ishlar xodimlariga islom dinini o‘rganishning ahamiyati" va "Terrorizm, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishda Ichki ishlar organlari xodimlarining vazifalari" mavzusida ochik davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining professor- o‘qituvchilari va IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik G.S.Ro‘zieva ishtirok etdi.
Tadbirda xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlarga islom dinining tarixi bilan bog‘liq malumotlar, islom dinini o‘rganishning Ichki ishlar organlari xodimlari uchun ahamiyati, terrorizm bilan bog‘lik jinoyatlar, ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida xodimlarga belgilangan vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berilib, xodimlarning bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati