Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Institutda pedagogik mahoratni oshirish kursi tashkil etildi.
Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazi xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi harbiy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish Markazi dotsenti, R.Ishmuhamedov kursda yosh o‘qituvchilar, pedagoglik faoliyati bilan shug‘ulanayotganiga xali ko‘p vaqt bo‘lmagan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha saboq bermoqda.
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda bilimdon, pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘zlashtirgan, zamonaviy talablarga javob beruvchi o‘kituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas, dedi dotsent R.Ishmuhamedov. Bu borada mahoratli o‘kituvchi, ta’limda boshqaruvchilik san’atidan xabardor bo‘lishi zarurdir.
Shuningdek, mashg‘ulotda o‘qituvchi faoliyatining muhim ahamiyati, pedagogik mahorat, yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning roli, zamonaviy o‘qituvchining pedagogik texnikasi va mas’uliyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritilmoqda. O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlari, ruhiy hususiyatlarini o‘rganish, o‘zlashtirilayotgan bilimlarning tinglovchilarga shaxsan qiziqarli va kerakli bo‘lishi zarurligini aniqlash natijasida tinglovchi o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlay olishi, izlanishi va o‘qituvchi o‘quv maqsadlariga erisha borishga yo‘naltirilishi kabi masalalarga ham e’tibor qaratilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati