Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “mayor" maxsus unvoni olish uchun maxsus malaka oshirish kursining 7-guruh tinglovchilari bilan "Geosiyosiy manfaatlar to‘knashuvi va mafkuraviy kurash" mavzusi buyicha institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik G.S.Ro‘zieva tomonidan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda Respublika Manaviyat va marifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘limi boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori (DSc) M.T.Musaev ishtirok etib, mavzu bo‘yicha bugun globallashayotgan dunyoda geosiyosat davlatlararo aloqalarga, o‘z navbatida, xalqaro munosabatlarga sezilarli ta’sir o‘tkazayotgani, har bir davlat xalqaro munosabatlarda o‘z manfaatlari ustuvorligiga erishish maqsadida barcha imkoniyatlarini ishga solishga, kuch-qudratidan foydalanishga harakat qilayotgani batafsil tushuntirilib, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati