Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida malaka oshirayotgan tinglovchilarining “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi” bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sayohat tashkil etildi.
Tinglovchilar muzeydagi tarixning oldingi davrlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari, turli yillardagi xizmat kiyimlari, tabel qurollari, uskuna va maxsus vositalar namunalari hamda ichki ishlar organlarining o‘tmishi bilan yaqindan tanishdi.
Tinglovchilarda muzey eksponatlari, shuningdek, vazirlikning barcha sohaviy xizmatlari tarixini aks ettirgan alohida burchaklar katta qiziqish uyg‘otdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati