Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish, Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) Ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish, hamda safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazildi. Nostandart, ziddiyatli vaziyatlar, muammoli holatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari tinglovchilarda shakllantirildi.
Bugun ushbu o‘quv kurslarining yakuniga ko‘ra imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati