Yangilik haqida batafsil

“Favqulodda vaziyatlarda aholi va hududni muhofaza qilish davlat tizimi”
Aug. 16, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarining malaka oshirish o‘quv kursi hamda Safdorlar va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilar bilan tibbiyot fanlar doktori, professor Masharipov Rajabboy Rahimovich tomonidan “Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Favqulodda vaziyatlarda  aholi va hududni  muhofaza qilish davlat tizimi” mavzusida  mashg‘ulot o‘tkazildi.

      Mashg‘ulot davomida  favqulodda vaziyatlar – bu muayyan xududda o‘zidan so‘ng odamlarning qur-bon bo‘lishi, odamlar sog‘ligi yoki atrof muhitga ziyon yetkazish, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan halokat, falokat va ofatlar yuzaga kelgan halokatlardan ekanligi batafsil tushuntirildi.

      Shuningdek, statistika ma’lumotlariga ko‘ra butun dunyo bo‘yicha sodir bo‘layotgan har xil ofat, falokat va halokatlar natijasidagi inson talofatlari va moddiy zararlar, tobora ortib borayotganligi. bu holat, ayniqsa XX – asrning ikkinchi yarmi va XXI – asrning boshlaridan kuzatib kelinayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

        Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati