Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari bilan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va chorrahalarni tartibga solish” mavzusida fakultativ mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida Institut Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, katta leytenant O‘. Saidov tomonidan tinglovchilarga ko‘chalarda, aholi va transport vositalari gavjum chorrahalarda tirbandliklarning oldini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishini ta’minlash borasidagi bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati